Hamkorlik dasturi ishga tushirildi
12.10.2026
Dicloud hamkorlik dasturi: bulutli xizmatlarni tavsiya qilib daromad oling
Ikki formatda ishlaydigan hamkorlik dasturimiz ishga tushganini maʼlum qilishdan mamnunmiz. Dastur 1C franchayzilari, IT-integratorlar, autsorsingda ishlaydigan buxgalterlar va Dicloudning amaldagi mijozlari uchun mos. Dasturga Telegram-bot orqali qoʻshilish mumkin.
Hamkor kompaniyalar uchun: bonusni kompaniya va uning xodimi oʻrtasida qanday taqsimlashni hamkor kompaniyaning oʻzi hal qiladi.
Format shartlari haqida shaxsan aytib beramiz: kontaktlar maqola oxirida.
Ikki formatda ishlaydigan hamkorlik dasturimiz ishga tushganini maʼlum qilishdan mamnunmiz. Dastur 1C franchayzilari, IT-integratorlar, autsorsingda ishlaydigan buxgalterlar va Dicloudning amaldagi mijozlari uchun mos. Dasturga Telegram-bot orqali qoʻshilish mumkin.
Dastur kimlar uchun mos
- 1C franchayzilari va 1C dasturini joriy etuvchilar. Mijozlaringiz 1C bazasini qayerda joylashtirish va serverga kim xizmat koʻrsatishini soʻraydi. Siz Dicloudni tavsiya qilasiz va har bir mijoz uchun bonus olasiz.
- IT-integratorlar. Siz uskuna sotib olmasdan va oʻz texnik yordam xizmatingizni yoʻlga qoʻymasdan bulutli serverlarni xizmatlaringiz qatoriga qoʻshasiz.
- Autsorsingda ishlaydigan buxgalterlar. Siz bir nechta kompaniyaning hisobini yuritasiz va 1C qayerda sekin ishlayotganini yoki fayllar qayerda yoʻqolayotganini koʻrasiz. Siz yechim tavsiya qilasiz va mukofot olasiz.
- Dicloud mijozlari. Siz allaqachon biz bilan ishlaysiz. Dicloudni hamkorlaringiz va hamkasblaringizga tavsiya qilasiz va bonus olasiz.
1-format. Agent boʻlish
Hamkor mijozning kontaktini Telegram-bot orqali yuboradi. Keyin Dicloud mijoz bilan muzokaralarni oʻzi olib boradi, serverni sozlaydi va mijozga xizmat koʻrsatadi. Mijoz shartnoma imzolab, biz bilan kamida 1 (bir) oylik ish uchun toʻlov qilgach, Dicloud bonus toʻlaydi. Bonus mablagʻlarini hisoblash va yechib olish shartlari bilan ofertada batafsil tanishishingiz mumkin.Hamkor kompaniyalar uchun: bonusni kompaniya va uning xodimi oʻrtasida qanday taqsimlashni hamkor kompaniyaning oʻzi hal qiladi.
2-format. Hamkor boʻlish
«Reselling» formati sizga xizmatlarimizni oʻz brendingiz ostida sotish huquqini beradi.Format shartlari haqida shaxsan aytib beramiz: kontaktlar maqola oxirida.
Nimalarni tavsiya qilish mumkin
- VPS – saytlar, CRM, 1C va kompaniyaning ichki tizimlari uchun bulutli serverlar.
- 1C uchun bulutli infratuzilma. Xodimlar bazada ofisdan, uydan va xizmat safarida ishlaydi.
- BI-dashbordlar. Direktor savdo, qoldiqlar va qarzlarni bitta ekranda koʻradi. Maʼlumotlar 1C, SQL, Excel, Google Docs va CRM tizimlaridan olinadi.
- Kompaniya ichida va kontragentlar bilan fayl almashish uchun bulutli ombor.
- 1C serverlariga texnik xizmat koʻrsatish: server, 1C xizmatlari, SQL Server va IIS.
Nega mijozlar Dicloud bilan qoladi
Dicloud bilan 1100 dan ortiq kompaniya ishlaydi. Infratuzilma Tas-IX tarmogʻiga ulangan, shuning uchun mijoz va server oʻrtasidagi trafik milliy tarmoq ichida oʻtadi. Serverga Dicloud mutaxassislari xizmat koʻrsatadi, shuning uchun mijozga oʻz tizim administratori kerak emas. Hamkor mijozlar allaqachon foydalanayotgan xizmatni tavsiya qiladi.Qanday qoʻshilish mumkin
- Botni oching: https://t.me/DicloudPartnerBot
- Ofertamizni oʻqib, hamkorlik dasturi shartlari bilan tanishing.
- Roʻyxatdan oʻting: kerakli maʼlumotlarni kiriting.
- Mijoz kontaktini yuboring yoki hamkorlik narxlarini soʻrang.
- Har bir muvaffaqiyatli bitim uchun toʻlov oling.
Dastur haqida savollaringiz bormi?
Bizga qoʻngʻiroq qiling: +998 99 299 08 00
Telegramda yozing: @headofsales_dicloud
Batafsil shartlar bilan ofertamizda tanishing
Boshqa yangiliklar

21.10.2026
1C texnik yordamiga qanday yozish kerak: muammo bir soatda emas, 10 daqiqada hal boʻlsin
Nega 1C texnik yordami baʼzan muammo bilan bir soat shugʻullanadi, holbuki tuzatishning oʻzi 10 daqiqa oladi?

12.10.2026
Hamkorlik dasturi ishga tushirildi
Dicloud hamkorlik dasturi: bulutli xizmatlarni tavsiya qilib daromad oling

09.10.2026
2027-yil 1-yanvardan Dicloud tariflarni oʻzgartiradi
2027-yil 1-yanvardan Dicloud mijozlari uchun bir qator xizmatlarga yangi narxlar amal qila boshlaydi.