Bulutli fayl almashish xizmati (Dicloud Storage)

Hujjatlarni onlayn saqlang — xavfsiz, qulay va dunyoning istalgan nuqtasidan kirish imkoniyati bilan

Dicloud Storage xodimlar, boʻlimlar, filiallar va tashqi hamkorlar oʻrtasida fayllarni tez va xavfsiz almashish muhim boʻlgan kompaniyalarga mos.

Xizmat dunyoning istalgan nuqtasidan ishlaydi, Oʻzbekistondagi foydalanuvchilar uchun esa TAS-IX tarmogʻi orqali ham ishlaydi — bu sinxronlash tezligini oshiradi va ulanishni barqaror qiladi.

Bulutli fayl almashish xizmati quyidagilarga imkon beradi:

  • Kompyuter buzilganda yoki uskuna almashtirilganda maʼlumotlar yoʻqolishining oldini olish
  • Hujjatlar ustida birgalikda ishlashni qulay tashkil etish
  • Korporativ fayllar xavfsizligi va maxfiyligini taʼminlash
  • Hujjatlarga ofisdan, uydan yoki xizmat safaridan kirish

Bulutli fayl almashish xizmati kimlar uchun mos:

Buxgalteriya va kadrlar boʻlimi — hujjatlar, jadvallar, skan nusxalar va hisobotlar almashinuvi

Ofis jamoalari — ish fayllari va shablonlar uchun yagona papka

Sotuv va xarid boʻlimlari — shartnomalar, hisob-fakturalar, tijoriy takliflar

Rahbarlar — istalgan qurilmadan hujjatlarga tez kirish

Masofaviy xodimlari bor kompaniyalar — «fleshka va messenjerlarsiz» yagona ish maydoni

Nimalarga ega boʻlasiz

Foydalanuvchilar qurilmalari oʻrtasida fayllarni sinxronlash

Kirish huquqlarini taqsimlash (kim koʻradi / kim tahrirlaydi)

Dunyoning istalgan nuqtasidan kirish

Web va Desktop-ilova orqali kirish

Har kunlik zaxira nusxalash

Tariflar

Mos saqlash hajmini tanlang. Nostandart hajm yoki qoʻshimcha shartlar kerak boʻlsa, individual taklif tayyorlaymiz.

Folder Start

  • 20 GBhajm
  • 10 nafargachafoydalanuvchi

Folder Standard

  • 50 GBhajm
  • 10 nafargachafoydalanuvchi

Folder Business

  • 100 GBhajm
  • 10 nafargachafoydalanuvchi

Folder Pro

  • 200 GBhajm
  • 10 nafargachafoydalanuvchi

* Qoʻshimcha foydalanuvchini ulash narxi — 5 000 soʻm/oy.

Asosiy faktlar

Fayllarni ofisdan, uydan va xorijdan ochish mumkin.

Papkalarga kirish foydalanuvchilar va guruhlar boʻyicha sozlanadi: koʻrish va tahrirlashni cheklash mumkin.

TAS-IX tarmogʻi tufayli fayllarni sinxronlash va almashish tezroq ishlaydi (trafikning bir qismi mahalliy kanallar orqali oʻtadi).